• “Molxona” asari erkinlik va tenglik g‘oyalari qanday qilib hokimiyatga chanqoqlik sabab buzilishini ko‘rsatadi. Hayvonlar timsolida jamiyatdagi manipulyatsiya, xiyonat va inqilobning asta-sekin zulmga aylanish jarayoni ochib beriladi.
Kitobning asosiy xususiyati shundaki, u jamiyat va hokimiyat tuzumini ramziy obrazlar orqali ochib beradi. Afzalligi esa o‘quvchiga adolat, tenglik va inson tabiatini chuqurroq anglash, voqealar ortidagi yashirin ma’nolarni tushunish imkonini beradi. Asar qisqa bo‘lsa-da, mazmunan teran bo‘lib, o‘quvchining fikrlash doirasini kengaytiradi.

