Molecule 020 — bu minimalizm va parfyumeriya sehrining mukammal uygʻunligidir. Dunyodagi eng sirli atirlardan biri boʻlgan ushbu ifor oʻzining anʼanaviy atirlarga oʻxshamasligi bilan ajralib turadi. Uning asosini Ambroksan (Ambroxan) molekulasi tashkil etadi. Bu modda inson terisining tabiiy hidi bilan birlashib, har bir kishida mutlaqo individual, takrorlanmas va oʻta jozibali auraning ochilishini taʼminlaydi.
Nima uchun xaridorlar Molecule 020 atirini tanlashadi?
- "Koʻrinmas" joziba va feromon effekti: Atir oʻta yengil, toza, goʻyo havodek shaffof, lekin atrofidagilarni oʻziga jalb qiluvchi kuchli jozibaga ega.
- Uniseks va universal: Ham erkaklar, ham ayollar uchun birdek mos keladi. Uni har kuni ishga, oʻqishga, sportga yoki kechki uchrashuvlarga mutlaqo bezovta qilmaydigan "ikkinchi teri" ifori sifatida ishlatish mumkin.
- Mikslash (Layering) uchun ideal: Ushbu atirni oʻzingiz yoqtirgan boshqa har qanday atir ostidan sepib, oʻsha atirning chidamliligini va shleyfini bir necha barobarga oshirishingiz mumkin.
- Molecule 020 atiri- 3m, 5ml, 10ml, 20ml, 30ml dan 50 ml gacha boʻlgan ixcham formatlar sumkachada yoki choʻntakda olib yurishga, sayohatlarga va iforning teringizda qanday ochilishini sinab koʻrish uchun juda qulay.