Kollagen – paylar, bog‘lamlar, xaftaga, suyaklar va teri kabi biriktiruvchi to‘qimalarning asosiy qurilish moddasidir.
Mol kollageni gidrolizati – bu muvozanatlangan va oson o‘zlashtiriladigan kollagen bo‘lib, uning tarkibidagi aminokislotalar va peptidlar tezda qon oqimiga o‘tadi va oqsilning o‘zlashtirilish tezligini sezilarli darajada oshiradi.
Gidrolizlangan kollagen qabul qilish:
tayanch-harakat apparatini mustahkamlaydi,
xaftaga to‘qimasi va paylarning yaxlitligi hamda tuzilishini tiklaydi,
turli jarohatlar oqibatida yuzaga kelgan og‘riq sindromini kamaytirishga yordam beradi,
suyaklarning mustahkamligi va chidamliligini oshiradi,
mushaklar, ichki a’zolar va yirik arteriyalarning tuzilishini qo‘llab-quvvatlaydi.
Kollagen terining tonusi va elastikligini yaxshilashga, qarish va ajinlar hosil bo‘lish jarayonini sekinlashtirishga, tirnoqlar, tishlar va sochlarni mustahkamlashga yordam beradi.
S vitamini kollagen ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi, jarohatlar va kuyishlarning tezroq bitishiga yordam beradi hamda organizmni oksidlovchi stressdan himoya qiladi.

