«SPORTO.ONE» modulli gilamchalari — bu butun oila (bolalar va kattalar) uchun mo‘ljallangan yorqin va foydali uy trenajyori bo‘lib, oyoq kafti deformatsiyasining (ploskostopiye) oldini olish, oyoq mushaklarini mustahkamlash, mayda motorikani rivojlantirish hamda umumiy jismoniy faollikni oshirishga yordam beradi.
To‘plam 6 ta turli relyefga ega moduldan iborat. Modullar pazl tamoyili asosida bir-biriga oson ulanadi. Bu esa istalgan shakldagi massaj yo‘lakchalari yoki maydonchalarini hosil qilish imkonini beradi.

