Siluet Andoza — 9 obraz + Yozgi BONUS burkini to'plami ✨
Primerkasiz, bittada qomatga qolipdek tushadigan 9 ta obraz andozasi va yozgi BONUS burkini andozasi sovg'a! 🎁 Har biri — sinovdan o'tgan 15 ta andoza, professional konstruksiya bilan tayyorlangan.
To'plam tarkibi:
1️⃣ Bantikli kofta + Karandash yubka — 42-54/42-62
2️⃣ Rubashka + Klinli yubka — 42-62
3️⃣ Nimcha + Shim — 42-56/42-62
4️⃣ Balero + Baza ko'ylak — 42-54/42-62
5️⃣ Bantikli ko'ylak — 42-54
6️⃣ Klassik yoqali ko'ylak — 42-54
7️⃣ Chokli ko'ylak — 42-56
8️⃣ Dekorativ yoqali ko'ylak — 42-62
9️⃣ Taxlamali ko'ylak — 42-56
🎁 BONUS: Pareo + Burkini — 42-62/42-54
📏 Barcha o'lchamlar o'zbek va turk o'lchovida berilgan. Har bir o'lcham andoza qog'ozida alohida rang bilan belgilangan, shuning uchun kerakli o'lchamni oson topasiz.
Andozalar bilan birgalikda maxsus Andoza Siluet katalogi beriladi. Katalog ichida har bir kiyimning rasmi, texnik eskizi hamda tikish ketma-ketligi, foydali maqolalar, tikuvchilar uchun zarur bilimlar bor.
Kimlar uchun:
Andoza qurishni bilmaydigan yoki vaqtini tejamoqchi bo'lgan tikuvchilar
Tikishni endi o'rganayotganlar
Ateliye va kichik tikuv sexlari — buyurtmalarni tezroq bajarish uchun
Qanday foydalaniladi:
Andoza qog'ozini kesmang. Ustiga kalka yoki salafan qo'yib, kerakli o'lchamni ko'chirib oling — shunda bitta to'plamdan barcha o'lchamlarda qayta-qayta foydalanishingiz mumkin. Matoni bichishda 1–1,5 sm chok haqi qo'shing.

