Mimibel “Zenvi” — qulaylik va zamonaviy dizayn bir mahsulotda
“Zenvi” komodi yangi tug’ilgan chaqaloq parvarishi uchun barcha qulayliklarni o’zida mujassam etgan. Minimalistik dizayni, yuqori sifatli materiallari va funksionalligi tufayli u bolalar xonasiga nafis ko’rinish beradi.
Afzalliklari
✔ 2 tasi 1 da
Yuqori qismidagi pampers almashtirish stoli kerak bo’lganda oson yechiladi. Shundan so’ng mahsulot zamonaviy komod sifatida uzoq yillar xizmat qiladi.
✔ Keng saqlash joyi
3 ta katta tortma va 3 ta ochiq organayzer bo’limi kiyimlar, pampers, nam salfetka va bolaga kerakli barcha buyumlarni tartibli saqlash imkonini beradi.
✔ Premium material: Avstriyaning Egger panellaridan tayyorlangan. Ekologik toza, mustahkam va uzoq muddat xizmat qiladi. Hettich mexanizmlari tortmalarning silliq va ovozsiz ochilib-yopilishini ta’minlaydi.
✔ Har qanday interyerga mos
Oq rang va tabiiy yog’och elementlari skandinav uslubidagi interyerlar bilan mukammal uyg’unlashadi.

