Sevgi-sarguzasht romanlari turkumi bilan shuhrat qozongan yozuvchi Pol Sheldon avtohalokatdan mo‘jiza tufayli tirik qoladi.
Ammo u kasalxonada emas, begona uyda hushiga keladi. Bu uyning egasi — yoshi o‘tib qolgan, yolg‘iz hamshira Enni Uilks. Aynan u Polni vayronalar ostidan chiqarib olib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, hayotini saqlab qolgan edi.
Biroq ko‘p o‘tmay, Pol Enni aslida ko‘ringanidek inson emasligini tushunib yetadi. U Polning kitoblariga uzoq yillardan beri muxlislik qilib keladi va yozuvchini o‘lim changalidan qutqarishdan ko‘zlagan maqsadlari insonparvarlik va mehr-shafqatdan mutlaqo yiroq edi...

