Bu kitobga o‘zbek adabiyotining buyuk adiblari ham, endigina qalam qo‘ygan yosh yozuvchilarning ham hikoyalari o‘rin olgan. Ularning teran mazmuni, rang-barang mavzulari, qiziqarli syujetlari e’tibordan chetda qolmasligiga aminmiz. Adabiyot ummonidan bir tomchi bo‘lgan ushbu risola sizga qimmatli hamroh bo‘ladi, degan umiddamiz.

