Uy parfyumeri Fransua Demanshi yangi iforga nafis va mayin, nihoyatda ipakdek deb ta'rif beradi. U pion gullari essensiyasi, yangi Sitsiliya mandarini, nafis atirgullar hamda oq mushkning baxmaldek asosi uyg‘unligidan yaratilgan.
Miss Dior Blooming Bouquet atirining pionli yurak notalari shaftoli va o‘rik po‘stlog‘i tusi bilan o‘ralgan bo‘lib, ular o‘zining baxmaldek va suvli jaranglashi bilan iforning cheksiz go‘zalligini ta'kidlaydi.
Miss Dior Blooming Bouquet flakoni o‘zidan oldingi nusxalar bilan bir xil shaklga ega. Uning bo‘g‘zi kumushrang kamoncha bilan bezatilgan.

