15 kg og'irlikdagi katta g'altak sanoat sexlari, avtotexxizmat ko'rsatish shoxobchalari (STSh), qurilish maydonchalari va intensiv hajmda payvandlash ishlarini bajarish uchun juda mos keladi. 0.8 mm diametr yupqa va o'rta qalinlikdagi metall varaqlar hamda avtokuzov qismlarini payvandlash uchun universal yechim hisoblanadi.
Asosiy afzalliklari:
- Barqaror yoy yonishi: metall tomchilarining pulsatsiyalarsiz va uzilishlarsiz bir maromda o'tishi.
- Minimal sachrash: payvandlashdan keyin choklarni tozalash vaqtini tejaydi.
- Sifatli mis qoplama: simni saqlash jarayonida zanglashdan himoya qiladi va gorelka kontakt nakonechniklarining yeyilishini kamaytiradi.
- Tartibli o'ralish (ryadnaya namotka): simning gilzada tiqilib qolmasdan, bir maromda va ravon uzatilishini kafolatlaydi.
Texnik xususiyatlari:
- Artikul: DSG-0301
- Sim markasi: ER70S-6 (SV-08GS2S analogi)
- Payvandlash turi: MIG/MAG (yarim avtomatik / avtomatik)
- Diametri: 0.8 mm
- G'altak vazni: 15 kg
- Qoplamasi: mis qoplangan (omednennaya)