"1982 - 1983-yillarda tog am, mashhur yozuvchi Mirzakalon Ismoiliy gaysar o'smir ogibatda jinoyatchiga aylanib qolishi mumkinligi hagida asar yozmogchi ekanligini aytdi. U damlarda tog'amning sihatlari uncha yaxshi emasdi. Shunga garamasdan yoshlarga bir ibratli gap aytgilari bor edi. Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan maslahatlashib, yozuvchini o'smir jinoyatchilar saglanadigan "axloq tuzatish mehnat koloniyasi" deb atalmish gamoqxonaga yubordik. Tog'am kun bo'yi o'sha yerdagi bolalar bilan tanishib gaytdi. Men tog amni kutib olib: "Bolalarni ko'rdingizmi?" , - deyishim bilan kozlari yoshlandi.
Yig'idan o'zini tutolmay: "O'sha bolalar gamoqda o'tiradigan bolalarmi? O'giydigan, o'ynab-kuladigan vagtlarida-ya!?" - dedi. To'rt yil urushda vahshiylig-u dahshatlarni ko'rib yiglamagan, tuhmat bilan gamalib yotganida ham ko zida yosh ko'rsatmagan bu odam o' smir jinoyatchilarni ko'rganida chiday olmadi.
Og'ir xastaligiga garamasdan "O'zingdan ko'r" deb nomlangan axloqiy gissa yozdi. Bu yozuvchining so'nggi asari - vasiyati bo'lib goldi"
Tohir Malik

