Mirzakalon Ismoiliy - o‘zbek yozuvchisi, tarjimon. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi.
Adib urushdan keyingi yillarda yaratilgan «Farg‘ona tong otguncha» (1958, 1967) trilogiyasida Oktyabr to‘ntarilishi arafasidagi o‘zbek mehnatkashlarining og‘ir hayoti va ma’rifat sari intilishini tasvirladi. M. Ismoiliy «Bizning roman» (1963) ida yoshlar hayotini aks ettiruvchi, «Odamiylik qissasi» (1965) kabi ma’naviyat yog‘dularini sharaflovchi puxta, go‘zal nasriy asarlari bilan o‘zbek adabiyotini yuksaltirishga o‘z ulushini qo‘shgan.

