O’simlik o’rta o’lchamli, palagi- uzun. Bargi yuraksimon shaklda, o’rta hajmli. Guli germofrodit, erkak
jinsli. Mevasi cho’ziq tuxumsimon shaklda, yirik hajmli. Meva vazni 4,0-10,0 kg. Meva yuzasi bir oz notekis,
rangi och yashil. Suratsiz. To’ri to’la, meva yuzasini yoppasiga qoplagan, yirik katakli, yupqa. Po’chog’i
qattiq. Meva eti o’rta qalin, oq tusli, karsillaydigan, shirali, shirin, xushbo’y. Quruq modda miqdori - 11,5%,
umumiy qand moddasi miqdori - 7,0-11,0%. Urug’xonasi o’rta hajmli. Urug’donlari urug’xonaning yarimidan
kam qismini egallagan. Urug’i yirik hajmli , keng uchli tuxumsimon shaklda, sariq tusli. O’rtapishar
nav, maysalar paydo bo’lishidan yetilguniga qadar o’suv davri 92-100 kun. Fuzarioz so’lish kasaliligiga
chalinuvchan. Hosildorligi 25-30 t/ga. Tashishga chidamliligi- yaxshi, saqlanuvchanligi- o’rta. Quritishga
yaroqli. O’zSPEKITI selektsiyasi navi. Dudko P.N. tomonidan yaratilgan. Toshkent, Farg’ona va Andijon
viloyatlarida tarqalgan.

