Ushbu kitob nafaqat to‘plangan bilimlar, balki kattalarning hayotiy tajribasi asosida ham yozilgan. Qo‘llanma sodda va tushunarli tilda yozilgan bo‘lib, keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. Agar bo‘lg‘usi otalar ham bu kitobni o‘qisalar, foydasiz qolmaydi. Bolalik dunyosini tark etgan kattalar unga qaytolmaydilar. Chunki hayotiy tashvishlar bunga imkon bermaydi. Kattalar bu dunyoni kuzatishlari va uning mo‘jizalaridan zavqlanishlari uchun faqat o‘z farzandlari bilan muloqot qilishlari kerak. Ammo eng qizig‘i shundaki, biz, kattalar bu mo‘jizani ko‘rish va undan zavqlanish o‘rniga, undan qochamiz va bu mashg‘ulotni boshqalarga qoldiramiz.

