Qisqacha mazmuni
Qissada massagetlar malikasi To‘marisning o‘z xalqini himoya qilish yo‘lidagi jasorati va donoligi hikoya qilinadi. Eron shohi Kir massagetlar yurtini bosib olishni rejalashtiradi. Dastlab u hiyla ishlatib, To‘marisning o‘g‘li Sparangizni asir oladi. Asirlikka tushgan Sparangiz or-nomusini saqlash maqsadida o‘z joniga qasd qiladi.
Shundan so‘ng To‘maris qo‘shin to‘plab, Kirga qarshi jang qiladi. Qattiq jangda massagetlar g‘alaba qozonadi, Kir halok bo‘ladi. To‘maris Vatan mustaqilligi va xalq ozodligini saqlab qoladi.

