Mirkarim Osim tarixiy asarlari orqali tanilgan, milliy adabiyotimiz ravnaqiga yuksak hissa qo'shgan yozuvchi va tarjimondir. U o'z ijodining salmoqli qismini tariximizni yoritishga bag'ishlagan. Shuningdek, uning mahorati asl manbani buzmay, qayta badiiy jonlantirishi bilan ajralib turadi, asarlari esa 1970-1990-yillarda ijod gilgan tarixchi adiblar uchun asosiy manba vazifasini o'tagan.
Yana shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, Mirkarim Osim keyingi avlod yozuvchilari uchun ko prik vazifasini o'tagan ijodkorlardandir. Bugungi kunning mashhur va tanilib kelayotgan tarixchi adiblari Mirkarim Osimni o'zlarining ustozlari deb biladilar.
Ushbu kitobni o'qir ekansiz, To'marisning vatanparvarligiga, Shiroqning jasoratiga, Temur Malikning mardligiga, Beruniyning kashfiyotiga, Ibn Sinoning tibbiyotiga, Navoiyning ijodiga, Mashrabning navosiga, Jahon Otinning shijoatiga guvoh bo'lasiz.

