QO'LLANMA BO'YICHA INSTRUKSIYA
Chiqarilish shakli: 1000 mg li kapsulalar
Tarkibi:
Brokkoli ekstrakti (Indol-3-karbinol)
300 mg
Yashil choy ekstrakti (gallokatexin-3)
500 mg
Soya ekstrakti
100 mg
Vitamin E
10 mg
Selen
0,05 mg
Yordamchi moddalar:
Mikrokristall sellyuloza, natriy bikarbonat, magniy stearat.
Tarkibiy qismlarning xossalari:
Brokkolining eng faol fitokimyoviy moddasi indol-3-karbinoldir. Uning asosiy ta'sirlari immunitet tizimiga, jigar faoliyatiga, estrogen almashinuviga bog'liq bo'lib, u hujayralarning shakllanish jarayonida ishtirok etadi. Kuchli tabiiy antioksidant sifatida erta qarishning oldini oladi, organizmda lipid va xolesterin darajasini pasaytiradi.
Yashil choy katexinlari (epigallokatexin-3) ayollar jinsiy sohasiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi bilan ajralib turadi, kuchli antioksidant xususiyatlarga ega, yallig'lanish omillarining faollashuvi va endometriy hujayralarining ko'payishiga to'sqinlik qiladi.
Tokoferol (Vitamin E) — yog'da eriydigan birikma bo'lib, inson organizmining deyarli barcha tizimlarining normal ishlashi uchun zarur: kuchli antioksidant sifatida to'qimalarning kislorod iste'molini oshirishga yordam beradi, angioprotektor sifatida qon tomir tizimining sog'lom faoliyatini, immunitet tizimi va reproduktiv funksiyaning shakllanishini qo'llab-quvvatlaydi.
Selen antioksidant ta'sir ko'rsatadi, immunitet tizimini mustahkamlaydi, qon yaratish organlari, nerv tizimi va qalqonsimon bez faoliyatiga, sochlar o'sishiga yordam beradi.
Qo'llash uchun ko'rsatmalar:
Miomin Forte o'simlik-vitamin kompleksi bo'lib, uning biologik ta'sirlari quyidagilarga yordam beradi:
● ayol organizmining moddalar almashinuvi va umumiy funksional holatini yaxshilaydi, ayol jinsiy gormonlari balansini normallashtiradi, korrektsiyalovchi ta'sir ko'rsatib, ayol jinsiy gormonlari (estrogenlar)ning ortiqcha ishlab chiqarilishida funksional buzilishlar xavfini kamaytiradi;
● antioksidant ta'sirga ega bo'lib, immunitet tizimini mustahkamlaydi, uglevod va lipid almashinuviga ta'sir qiladi, organizmda xolesterin darajasini normallashtiradi;
● jigar faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, erta qarishga olib keluvchi jarayonlarni sekinlashtiradi;
● yurak-qon tomir va nerv tizimlari faoliyati buzilishlari xavfini kamaytiradi, yurakning to'g'ri ishlashini qo'llab-quvvatlaydi, qon tomirlarning tegishli tonusini ta'minlashga yordam beradi;
● Miomin Forte tarkibidagi bioaktiv komponentlar charchoq va toliqish hissini kamaytirishga, immunitet va nerv tizimlarining to'g'ri ishlashiga, shuningdek ayollarning to'g'ri psixologik funksiyalarini saqlashga yordam beradi.
Qarshi ko'rsatmalar:
Tarkibiy qismlarga individual chidamsizlik. Homiladorlik, emizish davri. 18 yoshgacha bo'lgan bolalarga. Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Alohida ko'rsatmalar:
Biologik faol qo'shimcha, dori vositasi hisoblanmaydi.
Qo'llash usuli:
Kattalarga 1-3 oy davomida kuniga 1-2 marta 1 kapsuladan ovqat bilan birga qabul qilish tavsiya etiladi. Qo'llash muddati organizm holati va mutaxassis tavsiyasiga ko'ra uzaytirilishi mumkin.
Chiqarilish shakli va saqlash shartlari:
Qadoqda 10 tadan kapsulali 3 ta blister. Quruq, bolalar qo'li yetmaydigan joyda, xona haroratida, to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlaridan himoyalangan holda saqlang. Dori vositasi emas. GMOsiz.
Saqlash muddati:
36 oy.

