Sog'lom sikl va normal vaznni saqlang
Sizning rejalaringiz haqiqatga aylansin!
Tuxumdonlar polikistozi sindromi(TPKS*) reproduktiv yoshdagi ayollarda bepushtlik va sikl buzilishining keng tarqalgan sababidir. Ularning 70 foizida ortiqcha vazn va insulin sezuvchanligi pasayadi, natijada gormonlar muvozanati buziladi va erkaklik garmoni (giperandrogeniya) tomon ustunlik paydo bo'ladi. Ko'pincha bu siklning buzilishi, ovulyatsiya bo'lmasligi, tuxumdon kistalari kabi muammolarga olib keladi.
Inozitol (B8 vitamini) va uning faol shakllari (mio - va D-xiro-inozitol) 40:1 nisbatda, samaradorligi zamonaviy klinitsistlarning tadqiqotlari va amaliy tajribasi bilan isbotlangan, tuxumdonlar faoliyatini yaxshilashga va giperandrogenizmni kamaytirishga yordam beradi.
Mio-Inozitol & D-xiro-Inozitol quyidagi ayollarga mos keladi:
- TPKS va giperandrogenizm fonida sikl va ovulyatsiya buzilishi bilan;
- insulin va glyukozaning yuqori darajasi va natijada moddalar almashinuvi buzilishi bilan;
- estetik muammolarda: xusnbuzar toshmasi, akne, qo'llar va yuzdagi ortiqcha tuklar o'sishi;
- katta yoshda, ayniqsa klimakterik oldi davrda.
Asosiysi haqida g'amxo'rlik qiling!
• Inozitol
Maxsus uglevod, B8 vitamini. Hujayra membranalarining tarkibiga kiradi, organizmning o'zi tomonidan sintez qilinishi mumkin. Uning oziq-ovqat manbalari yong'oq, yormalar, mol go'shti, tuxumdir. Ammo! Issiqlik bilan ishlov berish paytida u osonlikcha parchalanadi, shuning uchun o'rtacha 100 mg inozitol (ayollar uchun 500 mg iste'molda) oziq-ovqatdan olinadi.
Inozitol - vitaminga o'xshash modda bo'lib, qondagi qand miqdorini normallashtiradigan insulin gormoni, shuningdek, miyadagi kimyoviy jarayonlarni qo'llab-quvvatlovchi serotonin va dofamin (baxt gormonlari) ishlab chiqarishga ta'sir qiladi.
Inozitol:
- leptinga (ochlikni bostiruvchi gormon) chidamlilikni pasaytiradi;
- ovulyatsiya va ootsitlarning yetilishini faollashtiradi.
Mio-inozitol va D-xiro-inozitol - inozitolning eng faol shakllari hisoblanadi. Ularning 40:1 kombinatsiyasi esa - eng yaxshi variant!
• L-metionin
Yog' almashinuvini yaxshilashga va organizmdagi yallig'lanish darajasini nazorat qilishga yordam beradigan aminokislota. Glutation sintezini rag'batlantiradi, uning konsentratsiyasining oshishi ichak hujayralarining shikastlanishiga yo'l qo'ymaydi. Metioninsiz B9 vitaminini (foliy kislotasi) qayta ishlash mumkin emas, bu esa o'z navbatida inozitolning samaradorligini oshiradi. L-metionin jigar salomatligini qo'llab-quvvatlaydi va yog'li gepatozning oldini oladi, detoks jarayonlarini yaxshilaydi. L-metionin tanqisligi muqarrar ravishda metil guruhlarining (-CH3) yetishmasligiga olib keladi, bu ko'plab biologik faol moddalarni sintez qilishni kamaytiradi yoki imkonsiz qiladi. Bu metabolizmning jiddiy o'zgarishlariga olib keladi - birinchi navbatda lipid almashinuvi buziladi.
Ushbu aminokislota oqsil distrofiyasi, semirish, ateroskleroz, 2-toifa qandli diabet, o't toshi kasalligi, fibromiyalgiya, POS, fibroz-kistoz mastopatiya, surunkali charchoq sindromi, tarqoq sklerozda ishlatiladi.
• L-karnitin
Aminokislota L-karnitin - yog' kislotalarini mitoxondriyaga (hujayralarning energiya markazlari) olib boradi. Moddalar almashinuvini kuchaytirishga va inozitolning uglevod almashinuvini tezroq faollashtirish qobiliyatini oshirishga yordam beradi.
L-metionin va inozitol bilan birgalikda L-karnitin yog' va uglevod almashinuvini faollashtiradi, ortiqcha vazn va insulin miqdorini kamaytirishda, yog'li gepatoz va ateroskleroz xavfini kamaytirishda va muntazam sikl va sog'lom ovulyatsiya ehtimolini oshirishda muhim rol o'ynaydi.
Erkaklar fertilligini qo'llab-quvvatlash
"Mio-inozitol & D-xiro-inozitol" kompleksi erkaklarda urug'lanishga tayyorgarlik sxemalarida ishlatilishi mumkin.
• Spermatozoidlar sifatini yaxshilaydi.
• Erkaklar fertilligini oshiradi.
•Uglevod almashinuvi sifatini yaxshilaydi (bu sport va yog'ni eritish bilan shug'ullanadiganlar uchun ham muhimdir).
Kimlarga mo'ljallangan?
• Har qanday yoshdagi ayollar uchun.
• TPKS va giperandrogeniya tufayli anovulyatsion sikllarda.
• Surunkali stress holatida (kompleks terapiyaning bir qismi sifatida).
• Akne, yuz va qo'llardagi ortiqcha tuklar o'sishida.
• Uglevod va yog' almashinuvi buzilganda.
• Menopauza davrida.
• 40:1 ideal nisbat
Mio-va D-xiro-inozitol zamonaviy klinitsistlarning ilmiy tadqiqotlari va amaliy tajribalari bilan tasdiqlangan samarali nisbatda.
• 504 mg B8 vitamini
Munosib iste'mol darajasiga ko'ra 100%.
• 2 xil aminokislotalar
L-metionin va L-karnitin inozitol ta'sirini kuchaytiradi, uglevod va lipid almashinuvini tezlashtiradi.
* Tuxumdonlar polikistozi sindromi (TPKS) – bu ayolda ovulyatsiya bo'lmaydigan yoki kamdan-kam ovulyatsiya bo'ladigan holat (aks holda tuxumdon polikistozi yoki Shteyn-Levental sindromi deb ataladi). Bu reproduktiv buzilishlar, moddalar almashinuvi buzilishlari va psixologik muammolar bilan birga keladi.
"Reklama obyekti dori vositasi emas"

