Minoxidil 5% — soch o'sishi uchun vosita
Ushbu mahsulot soch to'kilishini sekinlashtirish va yangi sochlar o'sishini rag'batlantirish uchun mo'ljallangan. Ko'pik (pena) shaklida bo'lganligi sababli teriga tez singadi va qo'llash uchun juda qulay.
Ta'sir mexanizmi: Minoksidil periferik vazodilatator (qon tomirlarini kengaytiruvchi) xususiyatga ega bo'lib, sirtqi qo'llanilganda soch follikulalari atrofida mikrosirkulyatsiyani sezilarli darajada kuchaytiradi. U qon tomir endoteliysi o'sish omilini rag'batlantiradi va kapillyarlar o'tkazuvchanligini oshiradi. Natijada soch o'sishining faol (anagen) fazasida metabolik jarayonlar tezlashadi, soch ildizlari kislorod va kerakli ozuqa moddalari bilan to'yinadi.
Qo'llash bo'yicha tavsiyalar: Vosita toza va quruq bosh terisining muammoli qismlariga surtiladi. Muntazam foydalanish tavsiya etiladi.

