Minoksidil 5% eritma — soch to‘kilishiga qarshi va yangi soch o‘sishini rag‘batlantirish uchun mo‘ljallangan samarali vosita. Erkaklar uchun ishlab chiqilgan ushbu eritma bosh terisiga bevosita qo‘llanadi va soch ildizlarini faollashtirishga yordam beradi. Doimiy foydalanilganda sochlar zichlashadi, ingichka tolalar asta-sekin mustahkamlanadi va ko‘rinishi yaxshilanadi.
Ushbu vosita ayniqsa androgen alopetsiya (irsiy kallik) holatlarida keng qo‘llaniladi. Eritma bosh terisiga tez singadi, yog‘li iz qoldirmaydi va kundalik parvarish jarayoniga oson qo‘shiladi. Shuningdek, soqol o‘stirish uchun ham ishlatish mumkin.
Afzalliklari:
— Soch o‘sishini rag‘batlantiradi
— Soch to‘kilishini kamaytirishga yordam beradi
— Soch ildizlarini mustahkamlaydi
— Soqol va mo‘ylov o‘sishida ham qo‘llanadi
— Kundalik foydalanish uchun qulay
Qo‘llash usuli: toza va quruq teriga kuniga 2 marta surtish tavsiya etiladi. Natija olish uchun muntazam foydalanish muhim.
Eslatma: faqat tashqi qo‘llash учун. Ko‘zga tegishidan saqlaning.

