Ayol tabiatning go‘zal moʻjizali, ziynati! Ayol quvvati, maqsadi, kayfiyati ijobiy bo‘lsa, oila tinch va farovon, xonadon nurli, fayzli bo‘ladi. Chiroyli amallar hech qachon yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki amallar tarozisida abadiy qoladi. Qo‘lingizdagi kundalik esa shunday xayrli amallaringizda siz bilan yonma-yon turuvchi sevimli daftaringiz bo‘lishiga umid qilaman.
Balki bu kundalik hayotingizni yanayam ijobiy tomonga o‘zgartiruvchi bir qadam bo‘lsa juda baxtiyor bo‘lardim. Siz buyuk ishlarga qodirsiz, hayotingiz o‘z qo‘lingizda!

