Mini printer va termo-printerlar uchun self-adhesive (samokleyka) termoetiketka ruloni — 15x30 mm (180 dona)
Deli Nusign termoetiketkalari — bu kiyim-kechaklar, uy-ro'zg'or buyumlari, idishlar, kitoblar, xujjatlar hamda mahsulotlarni markirovka qilish va tartibga solish uchun eng qulay va sifatli yechimdir.
Asosiy afzalliklari:
- Siyohsiz bosish: Termo-bosma texnologiyasi sababli kartrij va siyoh (chernil) talab qilinmaydi.
- Mustahkam yopishqoqlik: Har qanday silliq yuza (plastik, shisha, qog'oz, yog'och)ga osongina yopishadi va ko'chib ketmaydi.
- Suv va yog'ga chidamli: Maxsus himoya qatlami tufayli yozuvlar ishqalanib ketmaydi hamda namlikka chidamli.
- Toza ko'chirilish: Stikerni olib tashlaganda orqasida yopishqoq iz va dog' qoldirmaydi.
- Ko'p tarmoqli foydalanish: Narx yorliqlari (tsennik), chiziqli kodlar (shtrix-kod), sana, nomlar hamda organayzerlar uchun ideal.