Mini pechni birinchi marta yoqqaningizda ozgina tutashi va hid chiqishi tabiiy holat. Bu yangi TEN (qizdiruvchi element) birinchi marta qizigani uchun yuz beradi. Bu nosozlik belgisi emas.
Tavsiya qilamiz: birinchi marta pechni ichida hech narsa pishirmasdan 15–20 daqiqa ishlatib oling. Shundan keyin hid yo'qoladi va bemalol shirin-shirin taomlar hamda pishiriqlar tayyorlashingiz mumkin. 😊



