A9 Mini Wi-Fi kuzatuv kamerasi — Kichik hajmda, katta imkoniyatlar!
Uy, ofis, avtomobil yoki do'koningiz xavfsizligini ta'minlash uchun mo'ljallangan zamonaviy va ixcham mini kamera. Istalgan joyga bildirmasdan o'rnatish va masofadan turib smartfoningiz orqali onlayn kuzatish imkonini beradi.
Asosiy afzalliklari:
- Full HD 1080P sifat: Tiniq va yuqori aniqlikdagi video tasvir.
- Wi-Fi va Onlayn kuzatuv: Maxsus mobil ilova orqali dunyoning istalgan nuqtasidan real vaqt rejimida video va ovozni kuzatib borishingiz mumkin.
- Harakat aniqlash (Датчик движения): Xonada harakat sezilishi bilan kamera avtomatik ravishda smartfoningizga bildirishnoma (уведомление) yuboradi.
- Tungi ko'rish rejimi (Night Vision): Qorong'i xonada va tunda ham ob'yektlarni aniq ko'rsatadi.
- Magnitli korpus va oson o'rnatish: O'rnatish uchun murakkab simlar shart emas. Magnitli asosi tufayli har qanday metall yuzaga osongina yopishadi.
- Xotira kartasi ko'magi: 128 GB gacha bo'lgan MicroSD (TF) kartalarini qo'llab-quvvatlaydi va uzluksiz yozib boradi.
- Avtonom va quvvatda ishlash: Ichki akkumulyatori bor, shuningdek, USB kabel orqali quvvatga (Powerbank yoki tarmoqqa) ulangan holda 24/7 rejimida ishlashi mumkin.
Qayerda ishlatish mumkin?
Uyda (bolalar va enagani kuzatish), ofis va do'konda, avtomobil registranti sifatida hamda uy hayvonlarini nazorat qilish uchun.