Mini Gaz Reduktori — Ishonchli Bosim Nazorati va Xavfsizlik
Ushbu mini gaz reduktori maishiy va sanoat gaz uskunalarida gaz bosimini bir maromda va barqaror ushlab turish uchun mo‘ljallangan. U jihozlarni bosimning keskin o‘zgarishlaridan himoya qiladi hamda gazning xavfsiz va tejamkor sarflanishini ta'minlaydi.
Afzalliklari va xususiyatlari:
- Bosimni barqaror saqlash: Kirishdagi yuqori bosimni pasaytirib, chiquvchi bosimni me'yorida 20mbar ushlab turadi.
- Kompakt va yengil: Kichik o‘lchamlari sababli tor va noqulay joylarda ham o‘rnatish juda oson va qulay.
- Chidamli korpus: Yuqori sifatli va mustahkam metall qotishmasidan tayyorlangan, uzoq muddat bexato xizmat qiladi.
- Keng qo‘llanilishi: Maishiy plitalar, isitish qozonlari (kotyollar) va sanoat gaz tizimlarida foydalanish uchun yaroqli.
Texnik ko‘rsatkichlari:
- Kirish bosimi : 500mbar
- Chiquvchi bosim : 20mbar
- Ulanish o‘lchami: 1/2 - DN15