• Muqova: yumshoq
• Hajmi: 256 bet
Bolalik xotiralari bilan toʻla sehrli olamga eshik ochuvchi ushbu asarni oʻqir ekansiz, koʻz oldingizdan hayotingizning eng baxtiyor kunlari oʻtadi.
Muallif oddiy qishloq hayoti, bobo-buvi mehriga toʻyib ulgʻayayotgan shoʻx bolakayning quvonch va shumtakaliklarini shunchalik samimiy tasvirlaydiki, oʻquvchi beixtiyor oʻz bolaligiga qaytadi.
Har bir voqea, dalada sigir boqib oʻt oʻrishlar-u chayla tikib uycha yasash, tomga chiqib bekinib kitob oʻqishlar-u qoʻshni bolalar bilan futbol oʻynashlar…
Qissa hayotning sodda, shu bilan birga, eng pok davrini ‒ bolalikni, uning begʻuborligi va goʻzalligini yana bir bor koʻrsatib beradi. Asar o‘quvchini oʻz bolaligi tomon yetaklaydi, unutilgan xotiralarni uygʻotadi va insonni bolalikdek toza hislarga qaytaradi.

