Bolalar uchun mo‘ljallangan ushbu krovat zamonaviy dizayn, qulaylik va xavfsizlikni o‘zida mujassam etadi. Mahsulot sertifikatlangan, ekologik toza materiallardan tayyorlangan bo‘lib, bolaning sog‘lig‘i uchun mutlaqo zararsiz.
Krovat mustahkam konstruksiyaga ega, yumshoq va ishonchli mexanizmlar bilan jihozlangan — uzoq yillar davomida muammosiz xizmat qiladi. Mijoz xonasi rangiga moslab bo‘yab berish imkoniyati mavjud, bu esa interyer bilan mukammal uyg‘unlikni ta’minlaydi.
Mahsulotimizda mustahkam g'ildiraklari ham mavjud, old eshiklari ochiladi, krovatingizga surib foydalanishingiz uchun. Yana krovatimiz 186*80 smgacha kattalashadi.
Xususiyatlari:
• Ekologik toza, sertifikatlangan materiallar
• Yumshoq va uzoq xizmat qiluvchi mexanizmlar
• Mustahkam va xavfsiz konstruktsiya
• Rangni buyurtmaga ko‘ra tanlash mumkin
O‘lchami: 130 × 80 × 83 (balandligi) sm
Ushbu kamod zamonaviy interyerlar uchun ideal tanlov bo‘lib, funksionallik va chiroyli dizaynni birlashtiradi. Yumshoq mexanizmlar tortmalarni sokin va qulay ochib-yopilishini ta’minlaydi, bu esa kundalik foydalanishda katta qulaylik yaratadi.
Kamod ekologik toza, sertifikatga ega materiallardan ishlab chiqarilgan. Buyurtmaga asosan mijoz xonasi rangiga moslab bo‘yab beriladi. Keng va qulay tortmalari bolalar buyumlari yoki kiyimlarni tartibli saqlash uchun juda mos. Chaqalog'ingizni parvarish qilish uchun maxsus "Kiyim almashtirish stoli" ham mavjud. Uni o'zingizga moslab o'ng yoki chap tarafda foydalanishingiz, kerak bo'lmasa olib qo'yishingiz ham mumkin.
Xususiyatlari:
• Sertifikatlangan, ekologik toza materiallar
• Yumshoq va uzoq xizmat qiluvchi mexanizmlar
• Zamonaviy va ixcham dizayn
• Rangini buyurtmaga ko‘ra tanlash mumkin
O‘lchami: 90 × 95 (balandligi) × 50 sm

