Mimibeldan yosh ota-onalarga bolani yo'rgaklash, kiyintirish va barcha kerakli kiyimlarni tartibli saqlashda yuqori darajadagi qulaylikga ega bo'lgan kamodini taqdim etadi.
Modelning o'ziga xos afzalliklari:
1. Boshqa modellardan farqli ravishda, bu komodda 5 ta to'liq hajmli tortma mavjud. Bu bolaning barcha kiyimlari, yo'rgaklari va shaxsiy buyumlarini bir joyga sig'dirish imkonini beradi.
2. Rasmida ko'rsatilganidek, yuqori qismdagi pampers almashtirish stoli suriluvchan qulay mexanizmga va qo'shimcha mayda organayzer bo'limiga ega. Bola ulg'aygach, bu qismni butunlay olib tashlab, oddiy komod sifatida foydalanish mumkin.
3. Komod ekologik toza, hidsiz va namlikka chidamli premium LMDF materialidan tayyorlangan bo'lib, bolalar xonasi uchun mutlaqo xavfsizdir.
4. Tortmalarning shovqinsiz va silliq yurishi uchun Hettich (Germaniya) yo'naltirgichlari o'rnatilgan. Komod korpusi esa tashqaridan hech qanday boltlar ko'rinmaydigan evrovinotlar va ekscentrik styajkalar (Germaniya) texnologiyasi asosida yig'iladi. Bu mebelning mustahkamligini bir necha barobarga oshiradi.
* Uzunligi 1000 mm
* Balandligi 800 mm
* Chuqurligi 500 mm
* Material ЛМДФ Kastamonu (Австрия)

