• Nashr yili: 2023
• Muqova: yumshoq
• Turkum: "Xitoy uslubidagi modernizatsiya tadqiqotlari"
• Muallif: Van Xunvey
• Tili: o‘zbek
• Betlar soni: 248
• Format: 235×168 mm; rangli
• ISBN: 9789910991103
“Milliy xavfsizlikni ta'minlash tizimi va salohiyatini modernizatsiya qilish” — taniqli xitoy olimi Van Xunvey tomonidan yozilgan chuqur tahliliy asar bo‘lib, Xitoyning milliy xavfsizlik konsepsiyasi, xavfsizlik siyosatining evolyutsiyasi va global muhitdagi strategik pozitsiyasi haqida keng ma’lumot beradi. Kitobda xavfsizlikning an’anaviy va noan’anaviy yo‘nalishlari, xavf xatarlar va tahdidlarni baholash, xavfsizlik tizimlarini isloh qilish va zamonaviy talablar asosida modernizatsiya qilishga oid masalalar chuqur yoritiladi.
Muallif Xitoy Kommunistik partiyasining 100 yillik kurashi, sovuq urush sharoitidagi siyosiy strategiyalar, AQSh va SSSR bilan bo‘lgan xavfsizlik muammolari, raqamli xavfsizlik, axborot tahdidlari va xalqaro xavfsizlikdagi o‘zgarishlar kontekstida milliy xavfsizlik tushunchasining mazmunini kengaytiradi. Xavfsizlik faqat harbiy kuch emas, balki iqtisodiyot, madaniyat, texnologiya, siyosat, muhit va xalqaro hamkorlik bilan chambarchas bog‘liq ekaniga urg‘u beriladi.
Kitobda Xitoyda yaratilgan xavfsizlik modelining nazariy asoslari, tarixiy rivojlanish bosqichlari, zamonaviy geosiyosiy muammolar, hamda “xavfsizlikni har tomonlama ta’minlash”ga qaratilgan amaliy yondashuvlar bayon etilgan. “Yangi xavfsizlik konsepsiyasi”, “xalq xavfsizligi tushunchasi”, “keng xavfsizlik”, “umumiy xavfsizlik” va “barqaror xavfsizlik” tushunchalari orqali Xitoyning yondashuvi tahlil qilinadi.
Ushbu asar siyosatshunoslar, xalqaro munosabatlar bo‘yicha tadqiqotchilar, xavfsizlik strategiyalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, davlat xizmatchilari va zamonaviy dunyodagi xavfsizlik muammolariga qiziqqan barcha o‘quvchilar uchun muhim manba hisoblanadi. Shuningdek, O‘zbekiston uchun xavfsizlikni ta’minlash va strategik mustaqillikni saqlash yo‘lida mazkur kitobda ilgari surilgan fikrlar dolzarb ahamiyat kasb etadi.

