“Navoyshunoslik” qo‘llanmasi milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanayotganlar uchun maxsus ishlab chiqilgan. Kitobda Alisher Navoiy hayoti va ijodi, g‘azal va qit’a janrlarining tahlili, Navoiy poetikasining o‘ziga xos jihatlari keng yoritilgan. Har bir mavzu tushunarli, tizimli va imtihon talablariga mos tarzda bayon etilgan. Nazariy ma’lumotlar bilan birga amaliy tahlillar ham keltirilgan bo‘lib, o‘quvchilarning bilimini mustahkamlashga xizmat qiladi.

