• Sahifalar soni: 336
• Format: A4
Mazkur to‘plam Qorako‘l akademik litseyi matematika fani o‘qituvchisi Ondayev Baxtiyor Jumaboyevich tomonidan tuzilgan bo‘lib, bu to‘plam matematika fanidan Bilim va malakalarni baholash agentligi (avvalgi DTM) tomonidan tashkil qilingan milliy sertifikat imtihoniga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar, matematika fan o‘qituvchilari va boshqa matematikaga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
– To‘plam 40 ta variantdan iborat
– Har bir variant 45 ta savoldan iborat bo‘lib, 1 dan 32 savolgacha bitta to‘g‘ri javobga ega bo‘lgan muqobil javobli yopiq test topshirig‘i, 33 dan 35-savolgacha moslashtirishni talab qiladigan muqobil javobli yopiq test topshirig‘i, 36 dan 45-savolgacha qisqa javobni talab qiladigan (a va b bandlarga bo‘lingan) ochiq test topshiriqlarni o‘z ichiga oladi.
– Har bir variantdagi savollar mutlaqo yangi va o‘quvchining fikrlash qobilyatini oshiradi
– Savollar «Milliy sertifikat» nizomidagi bandlarga muvofiq tuzilgan bo‘lib, o‘quvchida haqiqiy imtihonda qatnashgandek taassurot uyg‘otadi.
– Har bir variant ustida alohida ishlangan va ba’zi savollar hayotiy muammolarni yechishga undaydi.
– Yangi va fikrlashni oshiradigan savollar bilan boyitilgan.
– O‘quvchining kalkulyatorsiz ishlash texnikasini oshiradi va rivojlantiradi.
– O‘quvchiga yana bir qulayligi kitob oxirida test variantlarining to‘liq javoblari keltirilgan.

