• Yumshoq muqova
• 471 bet
Ushbu qo‘llanma 📖 Ona tili va adabiyot fanidan o‘tkaziladigan Milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanish uchun tuzilgan. Unda imtihonda tushadigan badiiy asarlar asosida mukammal tuzilgan savol-javoblar ✍️ jamlangan.
📌 Ma’lumki, Milliy sertifikat imtihonida badiiy asarlardan beshta savol tushadi ❓ va har bir savol sizning natijangizga 🎯 ta’sir qiladi. Ushbu qo‘llanma sizga shu borada yordam beradi ✅.
📚 Qo‘llanmadagi savol-javoblar ma’lum tizim asosida shakllantirilgan bo‘lib, ba’zi joylarda asarning mazmunini to‘liq anglash, yozuvchi ilgari surgan g‘oya yoki asosiy fikrlarni tushunish uchun qo‘shimcha tushuntirishlar ham berilgan.
📝 Izchillikni saqlash maqsadida savollar asar syujeti (voqealar rivoji ketma-ketligi) asosida tuzilgan.
👩🏫 Ushbu kitob repetitorlik bilan shug‘ullanadigan ustozlar uchun ham ajoyib yordamchi bo‘lishiga ishonamiz.
📖 Kitobning yana bir afzalligi shundaki, unda Ona tili va adabiyot fanidan kirish imtihonlari uchun e’lon qilingan 20 ga yaqin asarning deyarli barchasi bo‘yicha savol-javoblar berilgan.
🎯 Shu bois, ushbu qo‘llanma BMBA (sobiq DTM) imtihoniga tayyorlanayotgan abituriyentlar va o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan ("perevod" imtihoni) talabalar uchun ham ajoyib manba bo‘la oladi.
🏆 Ushbu kitob orqali kelayotgan imtihonlarda yuqori natijalarga erishishingizga tilakdoshmiz! ✨📚

