• Sahifalar soni: 480
Qo‘lingizdagi mazkur qo‘llanma Ona tili va adabiyot fanidan o‘tkaziladigan Milliy sertifikat imtihoni uchun tavsiya etilgan qirqta badiiy asar asosida mukammal tuzilgan savol-javobdan tashkil topgan. Bilamizki, Milliy sertifikat imtihonida badiiy asarlardan beshta savol tushadi va har bir savol sizning natijangizga ta’sir qiladi. Ushbu qo‘llanma esa sizga bu borada yordam beradi.
Qo‘llanmada savol-javoblar ma’lum tizimda shakllantirilgan, shuningdek, ba’zi o‘rinlarda asarning mazmunini to‘liq anglash, yozuvchi ilgari surgan g‘oya yoki tagma’noli fikrlarni ilg‘ash uchun qo‘shimcha tushuntirishlar ham berib ketilgan. Izchillikni yo‘qotmaslik maqsadida savollar asar sujeti (voqealar rivojining ketma-ketligi) asosida tuzilgan. Ushbu kitob repetitorlik qiladigan ustozlar uchun ajoyib yordamchi bo‘lishiga ishonamiz.
Kitobning yana bir afzallik tomoni shundaki, unda Ona tili va adabiyot fanidan kirish imtihonlari uchun e’lon qilingan yigirmata asarning deyarli barchasi savol-javob qilingan. Shu bois ushbu qo‘llanma BMBA (sobiq DTM) imtihoniga tayyorlanadigan abituriyentlar, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan («perevod» imtihoni) talabalar uchun ham ajoyib manba bo‘la oladi.

