• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2025 yil.
• Tuzuvchi: Jamshid Saidxonov
• Sahifalar soni: 272
• Muqova: yumshoq
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/16 (A4)
Mazkur qo‘llanma matematika fanidan Milliy sertifikat imtihonlariga tayyorlanayotgan o‘quvchilar, abituriyentlar, o‘qituvchilar hamda ushbu fanga qiziqadigan keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan. To‘plamda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan sertifikatlash imtihonlari tuzilmasi va shakliga o‘xshash test topshiriqlari jamlangan.
Qo‘llanma 20 ta variantdan iborat bo‘lib, har birida 45 ta test savoli keltirilgan.
Ular quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi:
– bitta to‘g‘ri javobli yopiq test topshiriqlari (1–32-savollar);
– moslashtirishni talab qiluvchi test topshiriqlari (33–35-savollar);
– qisqa javobli ochiq test topshiriqlari, a va b bandlarga bo‘lingan (36–45-savollar).
Topshiriqlar «Milliy sertifikat» nizomida belgilangan mezonlarga asoslangan holda tuzilgan bo‘lib, o‘quvchilarning imtihon topshirish jarayoniga yaqin sharoitda tayyorgarlik ko‘rishiga imkon yaratadi.
Qo‘llanma matematika fanidan Milliy sertifikat imtihoniga tizimli tayyorgarlik ko‘rishda amaliy yordamchi vosita sifatida xizmat qiladi.

