• Sahifalar soni: 320
So‘nggi vaqtlarda yurtimizda ilm-fan sohasiga, xususan, oliy ta’lim muassasalari uchun kirish imtihonlariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Ushbu e’tiborning amaliy natijasi sifatida barcha umumta’lim fanlaridan, qolaversa, o‘zbek tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikat imtihonlari joriy qilindi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab ona tili va adabiyot fani pedagoglariga (A+, A va B+ darajalar uchun) 50% ustama berilishi, abituriyentlarning bu imtihonlarda qatnashib, maksimal va proporsional ballarga ega bo‘lishi bunday imtihonlarga qiziqishning nihoyatda kuchayishiga sabab bo‘ldi.
Shuni inobatga olgan holda, malakali repetitor-testologlar Shohjahon Akbarov va Muhriddin Xalilov ustozlar tomonidan Milliy sertifikat // diagnostik testlar to‘plami ishlab chiqildi.
Ushbu to‘plam shu kabi tayyorlangan boshqa to‘plamlardan quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi:
– Ushbu to‘plamdan o‘rin olgan savollarning aksariyati qat’iy standartlar asosida tuzilganligi, BBA spetsifikatsiyasiga mos keluvchi sxemali, qolipli, jadvalli, mulohaza yuritishga asoslanganligi bilan alohida farq qiladi;
– To‘plamdagi har bir savollar o‘ta sinchkovlik va mehr bilan tuzilgan bo‘lib, talabgorning o‘z ustida ishlashiga va kelgusi imtihonlar oldidan kamchiliklarini bartaraf etishiga sababchi bo‘ladi;
– To‘plamda bir-birini takrorlaydigan, o‘quvchini ikkilantirayotgan savollar deyarli uchramaydi;
– Eng asosiysi, to‘plamdagi QR-codni skaner qilish orqali, har bir variantning mukammal tahliliga ega bo‘lish mumkin, bu esa boshqa kitoblardan alohida ustunligi sanaladi.
Ushbu to‘plamda quyidagilar bo‘yicha testlar o‘rin olgan:
– Tilshunoslik nazariyasi;
– Adabiyot nazariyasi va tahlili;
– O‘qish savodxonligi;
– Lingvistik va badiiy tahlil;
– Yozma savodxonlik kabi bo‘limlarga oid savollar mavjud

