• Tuzuvchi: Samgin Qurbonov, Yoqub Qurolov
• Sahifalar soni: 256
• Til: o'zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/16 (A4)
• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2025 yil
• Muqova: yumshoq
Ushbu testlar to‘plamidan Bilim va malakalarni baholash agentligining so‘nggi namunasi va standartlari asosida tuzilgan milliy sertifikat variantlari o‘rin olgan. Mazkur to‘plamga kiritilgan variantlar va undagi test topshiriqlarida testologiyaning quyidagi muhim talablariga qat’iy amal qilingan:
1) test topshiriqlari ona tili va adabiyot fanidan o‘quvchining quyi va yuqori kognitiv darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan;
2) test topshiriqlari o‘quvchining bir yoki bir necha xil til hodisalarini bilish va farqlay olish ko‘nikmalarini tekshirishga qaratilgan;
3) test topshiriqlaridagi xato (muqobil) javoblarni tuzishda ayni javoblar orqali o‘quvchining grammatik va nutqiy kompetensiyalarini tekshirish ko‘zda tutilgan;
4) matn mazmunini tushunishga asoslangan test topshiriqlari to‘liq kognitiv va nutqiy bilimlarni, fikrlashni tekshirishga yo‘naltirilgan.
Shuningdek, ushbu to‘plamdan namunaviy esselar ham joy olgan bo‘lib, mazkur esselarni o‘rganish orqali o‘quvchilarda 70+ esselarni yozish ko‘nikmalari shakllanadi. Esselar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan e’lon qilingan yozma ishlarni baholash mezonlari va baholash yo‘riqnomasida keltirilgan talablar asosida yozilgan.
Mazkur to‘plamni yaxshi niyatda ixlos bilan «A+» deb nomladik, umid qilamizki, ushbu to‘plam sizga milliy sertifikat imtihonida eng yuqori darajani olishingiz uchun beminnat ko‘makchi bo‘ladi.

