Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2026 yil.
Tuzuvchi: Hamid Qurbonboyev, Sabohat Abdurahimova
Sahifalar soni: 416
Muqova: yumshoq.
Til: o'zbek tilida
Format: 84 * 108 1/16 (A4)
Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari hamda ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikatga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar, shuningdek, fan o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan.
Qo‘llanmadan eng yangi formatdagi 20 ta DIAGNOSTIK TEST, ESSE NAMUNALARI va ko‘pchilik o‘quvchilar qiynaladigan LINGVISTIK TAHLIL (36–44-savollar) yozma topshiriqlarining batafsil yechimlari o‘rin olgan. Diagnostik testlarning badiiy asarlarga oid qismi (13–17-savollar) to‘liq yangilangan adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.
Milliy sertifikat olishdan maqsad hammada turlicha. Biroq unga erishishning yagona yo‘li mavjud: doimiy rivojlanishda bo‘lish. Ana shu orzuni ro‘yobga chiqarishda, ko‘zlangan maqsad sari tezroq va ishonchli yo‘l bilan borishingizda “A+ 5” kitobi sizga eng yaqin ko‘makchi bo‘ladi.
Shu kungacha «A+», «A+ 2», «A+ 3» va «A+ 4» kitoblarimiz bilan shug‘ullanib, yuqori natijalarga erishgan minglab o‘quvchilarimizdan minnatdorlik maktublarini qabul qildik. Ishonamizki, navbatdagi ushbu kitobimiz ham bilimingizni mustahkamlashda siz o‘ylaganingizdan-da ko‘proq manfaat keltiradi.

