• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2026 yil.
• Tuzuvchilar: Xurshid Jo‘rayev, Jaloliddin Meyliyev, Muhyiddin Shodmonov
• Sahifalar soni: 336
• Muqova: yumshoq.
• Til: o'zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/16 (A4)
Ushbu qo‘llanma ona tili va adabiyot fanidan Milliy sertifikat imtihoniga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar, o‘qituvchilar hamda mustaqil o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan. Kitobda diagnostik testlar, ularning yozma yechimlari va izohli tahlillari jamlangan bo‘lib, o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash, xatolar ustida ishlash hamda imtihon formatiga mos ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Testlar zamonaviy baholash mezonlari asosida tuzilgan bo‘lib, savollar mantiqiy tahlil, lingvistik bilim va badiiy matnni tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Har bir variant yakunida joylashtirilgan QR-kod orqali talabgor testni Rash modeli asosida onlayn tarzda tekshirib, o‘zining haqiqiy bilim darajasi va tayyorgarlik bosqichini aniq bilib olishi mumkin.
Mazkur kitob Milliy sertifikat imtihonida yuqori natijaga erishishni maqsad qilgan barcha kitobxonlar uchun ishonchli va samarali amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi.

