Milliy sertifikat Ona tili va adabiyot — ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoniga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘quvchilar va abituriyentlar uchun mo‘ljallangan zamonaviy o‘quv qo‘llanma. Kitobda yangi tipdagi namunaviy test topshiriqlari, til bo‘yicha savodxonlikni oshiruvchi mashqlar hamda adabiyotga oid savollar jamlangan.
Qo‘llanma bilimlarni mustahkamlash, test ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va imtihon formatiga moslashishga yordam beradi. Materiallar amaldagi o‘quv dasturi va imtihon talablari asosida tuzilgan.
Maktab o‘quvchilari, abituriyentlar, repetitorlar va o‘qituvchilar uchun foydali manba.

