• Sahifalar soni: 320
Ushbu kitob «Milliy sertifikat» tizimiga mos ravishda o‘qituvchilar va abituriyentlarga amaliy yordam berish maqsadida tayyorlangan. Qo‘llanma uch qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda nazariy ma’lumotlar (Eng kerakli ma’ruzalar), ikkinchi qismda mavzularni mustahkamlash uchun test savollari (Imtihonbop savollar), uchinchi qismda esa bilimni baholashga mo‘ljallangan diagnostik testlar (Eng yangi diagnostik testlar) joylashtirilgan.
Mazkur kitob Milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rayotganlar uchun qulay va samarali o‘quv materiali sifatida tavsiya etiladi. Unda keltirilgan materiallar Milliy sertifikatning belgilangan talablari va amaliyotidan kelib chiqqan holda tuzilgan. Kitobdan o‘quvchilar, abituriyentlar hamda o‘qituvchilar unumli foydalanishi mumkin.

