“Milliy Sertifikat Sari Matematika” kitobi matematika fanidan milliy sertifikat imtihoniga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun ishlab chiqilgan zamonaviy testlar to‘plamidir.
Qo‘llanmada yangi formatdagi namunaviy test topshiriqlari, BMBA standartiga mos savollar, turli darajadagi mashqlar va amaliy topshiriqlar jamlangan. Har bir bo‘lim imtihon talablariga mos ravishda tuzilgan bo‘lib, nazariy bilimlarni mustahkamlash va test yechish ko‘nikmasini oshirishga yordam beradi.
Kitob abituriyentlar, maktab bitiruvchilari hamda matematika fanidan yuqori natijaga erishmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan.

