• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2026 yil.
• Tuzuvchi: Feruz Shukurov, Abbos Qo‘chqorov
• Sahifalar soni: 256
• Muqova: yumshoq
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/16 (A4)
Birinchi kitobimiz – «SHAMS mavzulashtirilgan testlar to‘plami» nashrdan chiqqach, ko‘plab repetitor ustozlardan minnatdorchilik xabarlarini oldik. Chunki ushbu to‘plam kimyo fanini oson va qulay o‘rganish uchun maxsus moslashtirilgan. Savollar osondan murakkabga qarab ketma-ket tartiblangan, mavzular esa eng kichik bo‘limlargacha ajratib chiqilgan.
Natijada ustozlar qisqa muddat ichida guruhlar bilan mavzularni ishlab chiqib, o‘quvchilarni murakkab Milliy sertifikat testlari darajasiga olib chiqishga muvaffaq bo‘lishdi.
Qo‘lingizdagi ushbu «SHAMS A+» to‘plami BMBA Milliy sertifikatsiyasi formatiga mos tarzda tuzilgan bo‘lib, boshlang‘ich fundamental mavzularni o‘rgangan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan.
Mazkur to‘plam:
• 15 ta mock test,
• BMBA imtihonlarida tushgan 16 ta original savol,
• hamda ularning 98% aniqlikda tekshirilgan javoblarini o‘z ichiga oladi.
Ushbu to‘plam orqali siz:
• qisqa muddatda Milliy sertifikat imtihoniga tayyor bo‘lasiz,
• vaqt taqsimotini to‘g‘ri boshqarishni o‘rganasiz,
• yozma ishlarning baholanish mezonlarini tushunib olasiz,
• bilim darajangizni aniq baholash imkoniga ega bo‘lasiz.
Shuningdek, kitobdagi 15 ta mock testning to‘liq videoyechimlari sizga bepul taqdim etiladi.

