Nashriyot: "Spectrum media group" Toshkent 2026 yil
Tuzuvchi: Sh.Qosimov, R.Abdurahimov
Sahifalar soni: 288
Muqova: yumshoq
Til: o'zbek tilida
Format: 84 * 108 1/16 (A4)
Ushbu o‘quv-amaliy qo‘llanma geografiya fanidan Milliy sertifikat imtihonlariga tayyorlanayotgan abituriyentlar, repetitorlar va fan o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan.
To‘plam Bilim va malakalarni baholash agentligining amaldagi imtihon dasturi va baholash mezonlari asosida ishlab chiqilgan. Unda nazariy bilimlarni mustahkamlash bilan birga xaritalar, statistik ma’lumotlar, grafik va diagrammalar ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi tahliliy topshiriqlar berilgan.
Qo‘llanmada yangi formatdagi yopiq va ochiq turdagi test savollari, tahliliy topshiriqlar hamda xaritalar bilan ishlashga mo‘ljallangan topshiriqlar jamlangan. Kitob o‘quvchilarga o‘z bilim darajasini mustaqil sinash, imtihon savollari shakli bilan yaqindan tanishish va sinovlarga tizimli tayyorgarlik ko‘rishda ishonchli manba bo‘lib xizmat qiladi.

