Nashriyot: "Spectrum media group" Toshkent 2026 yil
Tuzuvchi: Xolbek Juraqulov, Surayyo Esanova
Sahifalar soni: 272
Muqova: yumshoq
Til: o'zbek tilida
Format: 84 * 108 1/16 (A4)
Mazkur «Biologiya. Samarqand II» nomli o‘quv qo‘llanma Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan Milliy sertifikat imtihonining biologiya fani bo‘yicha tasdiqlangan dasturiga to‘liq mos keladi.
Qo‘llanma xalqaro, turkiy davlatlar va respublika olimpiadalari savollari darajasidagi testlarni o‘zida jamlagan.
Testlarni tayyorlashda xalqaro miqyosda tan olingan Blum taksonomiyasiga to‘liq amal qilingan.
Qo‘llanma jonli auditoriyada to‘liq sinovdan o‘tkazilgan va bu testlar sifatini yanada oshirgan.
Ushbu kitob talabgorlarning bilimlarini mustahkamlash, test yechish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda imtihonlarga samarali tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tayyorlangan. Kitobda biologiya fanining asosiy bo‘limlari bo‘yicha eng so‘nggi yozma ishlar va masalalar jamlangan bo‘lib, ular talabgorlarning mantiqiy fikrlashini va tahliliy yondashuvini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Qo‘llanma Milliy sertifikat imtihonlari uchun 20 ta test variantidan va ularning javoblaridan tashkil topgan.
Umid qilamizki, kitobimizni puxta o‘zlashtirgan talabgorlar Milliy sertifikat imtihonlarida eng yuqori natijalarga erisha oladilar.

