Nashriyot: "Spectrum media group" Toshkent 2026 yil
Tuzuvchi: Odilbek Kenjayev, Nurlan Toshov
Sahifalar soni: 224
Muqova: yumshoq
Til: o'zbek tilida
Format: 84 * 108 1/16 (A4)
Ushbu qo‘llanma BIOLOGIYA fanidan Milliy sertifikat imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishni maqsad qilgan o‘quvchilar, abituriyentlar hamda biologiya fani ustozlari uchun ishlab chiqilgan.
Kitobdagi test va topshiriqlar Bilim va malakalarni baholash agentligi (BMB) talablari va Milliy sertifikat imtihoni formatiga mos holda tayyorlangan bo‘lib, o‘quvchilarning nafaqat nazariy bilimlarini tekshirish, balki mustaqil fikrlash, biologik jarayonlarni tahlil qilish va olgan bilimlarini amaliy vaziyatlarda qo‘llash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan.
Mazkur to‘plamda turli darajadagi test savollari, mantiqiy topshiriqlar, rasm, jadval va sxemalar asosidagi savollar jamlangan.
Qo‘llanma ustida ishlash jarayonida o‘quvchilarning yuqori natijaga erishishi, mavzularni chuqur o‘zlashtirishi va haqiqiy imtihon muhitiga moslashishi asosiy maqsad qilib olindi.

