Nashriyot: "Spectrum media group" Toshkent 2026 yil
Tuzuvchi: Odilbek Kenjayev, Nurlan Toshov
Sahifalar soni: 224
Muqova: yumshoq
Til: o'zbek tilida
Format: 84 * 108 1/16 (A4)
Ushbu kitob BMBA tomonidan o‘tkaziladigan Milliy sertifikat imtihoni standartlari asosida tayyorlangan.
Kitobdan kengaytirilgan javob talab qiluvchi 41-, 42- va 43-savollar bo‘yicha tuzilgan 30 ta variant o‘rin olgan. Har bir variantda ushbu savollarga mos 41.2, 41.3, 42.2, 42.3, 43.2 va 43.3 tipidagi qo‘shimcha mashq va masalalar ham berilgan. Bunday yondashuv o‘quvchilarning mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishiga, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishiga hamda mantiqiy va kreativ fikrlash doirasini kengaytirishga xizmat qiladi.
Kitobdagi topshiriqlar amaldagi baholash mezonlari asosida tuzilgan bo‘lib, o‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, tahliliy fikrlashini rivojlantirish va imtihonda uchraydigan murakkab masalalarni samarali yechish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.
Mazkur kitob Milliy sertifikat imtihoni, attestatsiya va fan olimpiadalariga tayyorlanayotgan abituriyentlar, biologiya fani o‘qituvchilari hamda biologiya faniga qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun mo‘ljallangan

