• Sahifalar soni: 240
• Format: A4
Ushbu to‘plamda milliy sertifikat imtihonlari dasturiga mos keladigan test topshiriqlari jamlangan. Unda yopiq va ochiq test topshiriqlari hamda kengaytirilgan javobni talab qiladigan topshiriqlar (yozma ishlar) keltirilgan. Kitobda 20 ta variant mavjud bo‘lib, har bir variant 43 ta test savolidan iborat. Ulardan oxirgi 3 tasi II bosqich darajasidagi murakkab savollar bo‘lib, yuqori fikrlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Savollar tasdiqlangan darsliklar ro‘yxati bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, abituriyentlar bilimlarini sinab ko‘radi va real imtihon sharoitiga yaqin tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mazkur to‘plam biologiya yo‘nalishida tayyorlanayotgan abituriyentlar, repetitorlar va olimpiadachilar uchun mo‘ljallangan.

