Ushbu kitob BIOLOGIYA fanidan milliy sertifikat imtihonlariga tayyorlanuvchi o‘quvchilar, abituriyentlar, shu fan ustozlari va repetirorlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, BMBA talablariga javob bera oladigan variantlarni o‘z ichiga oladi. Kitob yangi tartibda tuzilgan bo‘lib har bir variantda jami 43 ta topshiriq mavjud, shundan 35 tasi yopiq test savollari, 5 tasi ochiq test savollari, qolgan 3 ta savol esa kengaytirilgan javob talab qiladigan yechimlari bilan javoblar varqasiga yoziladigan savollardir.
Tavsiya etayotgan kitobimiz foydalanuvchilarni ushbu fan doirasida mantiqiy fikrlashga undaydigan jadvalli, grafik va sxemali savollar bilan kengaytirilgan bo‘lib har bir mavzu asosidagi bilimlarni mustahkamlashni kafolatlaydi.

