• Tuzuvchi: Hamid Qurbonboyev, Nigora Ehsonova
• Sahifalar soni: 320
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/16 (A4)
• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2024 yil
• Muqova: yumshoq
Qo‘lingizdagi ushbu to‘plam sizga mustaqil o‘qish uchun tasdiqlangan va Milliy sertifikatda tushishi rejalangan badiiy kitoblarni to‘liq va sifatli o‘rganish uchun yaxshi manba bo‘la oladi.
Unutmang Milliy sertifikat imtihonida 5 ta savol tavsiya qilingan asarlardan tushadi. Bu savollardan ball yo‘qotiladigan bo‘lsa A+, A, B+ sertifikatlariga ozgina ball yetmay qolishi mumkin.
Barcha testlar sifatli va saviyali. Ularni ishlash orqali asarning qaysidir muhim qismi yodingizga tushadi. «Susambil» ertagida eshakning nechta tishi bor? – degan savol ko‘rgan edim qaysidir kitobda. Bu kitobga unday saviyasiz va keraksiz savollar kiritilmagan. Savollarning osondan murakkabga qarab borishi, har bir asardan alohida testlar taqdim etilgani o‘quvchini zeriktirmaydi va bilimlaringizni mustahkamlab borishda eng yaxshi ko‘makchi bo‘ladi.
O‘ylaymizki, bu kitob ustozlar, abituriyentlar, Yosh kitobxon tanloviga tayyorlanayotganlar, talabalar va o‘quvchilar hamda mustaqil o‘rganuvchilar uchun sifatli manba vazifasini bajaradi.

