Mazkur test variantlari to‘plamlari oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun Matematika, Ingliz tili, Huquq, Ona tili va Adabiyot, Kimyo, Biologiya fanlaridan tayyorlanayotgan abituriyentlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning har birida 30 ta variantda 30 tadan jami 900 ta test savollari jamlangan bo‘lib, kitob oxirida ularning javoblari berilgan.
Ushbu to‘plamlardan umumiy o‘rta ta’lim maktablari va ixtisoslashgan maktablarning 10–11 sinf o‘quvchilari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining 1–2-kurs talabalari, shuningdek, hozirda ommalashgan fanlaridan milliy test tizimi uchun joriy qilingan milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘qituvchilar va o‘quvchilar ham foydalanishlari mumkin.
To‘plamdagi test savollari Matematika, Ingliz tili, Huquq, Ona tili va Adabiyot, Kimyo, Biologiya fanlaridan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan milliy o‘quv dasturi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘quv dasturlariga asoslangan holda ishlab chiqilgan.

